Igor Taran faoliyatida ilk bor xet-trik qayd etdi

Aziz Tukhtamuradov
9 may 2016
Xabaringiz bor, 8-turda "Sho'rtan" futbolchisi Igor Taran "So'g'diyona"ga qarshi bahsda 3ta gol urishga erishdi.

O'tgan yil "Gennadiy Krasnickiy klubi"ga a'zo bo'lgan hujumchi faoliyati davomida oliy ligada ilk bor xet-trikni rasmiylashtirdi. Taran 2005 yildan buyon O'zbekiston oliy ligasida o'ynab kelmoqda. Hozirga qadar u 270dan ortiq o'yin o'tkazib 83ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Taran 2016 yilgi mavsumda bir o'yinda uchta gol urgan birinchi futbolchiga aylandi.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia