Ibrohimhalil Yo'ldoshev Ukraina klubiga o'tishi mumkin

Sherzod Nurmatov
23 dek 2020
O'tgan mavsum "Bunyodkor" safida ijarada o'ynagan "Paxtakor"ning 19 yoshli chap qanot himoyachisi Ibrohimhalil Yo'ldoshev Ukraina klublaridan biriga o'tishga yaqin turibdi.

Uning transferi bo'yia bir vaqtning o'zida Favbet Liga(Ukraina birinchi ligasi)ning 4 klubi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Ushbu ma'lumotni agent Nikita Shvec tasdiqladi.

"Ha, men haqiqatan ushbu futbolchining Ukrainadagi eksklyuziv vakiliman. Rostan ham muzokaralar olib borilayotganini va unga Favbet Liga klublaridan katta qiziqish borligini tasdiqlayman.

Uning Ukrainada paydo bo'lish ehtimoli ancha yuqori deb o'ylayman. Qaysi klublar? Hozircha buni aytolmayman. Ammo shuni takidlaymanki, ular yuqori o'nlikdagi jamoalar", – deydi Shvec.

Takidlash joizki, Yo'ldoshev O'zbekiston chempionatining o'tgan mavsumida "Bunyodkor" uchun 21 uchrashuv o'tkazib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani qayd etdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: footboom.ru