Ibragimovich va Xames Rodrigezning gollari yilning eng chiroyli goli bo'lishga da'vogarlar qatorida

13 noya 2014, 01:41
FIFA rasmiy sayti yilning eng chiroyli goli nominaciyasiga da'vogar gollar mualliflarini e'lon qildi.
Avstraliya terma jamoasi hamda Nyu-York Red Bulls klubi a'zosi Tim Keyxill, Chelsi hujumchisi Diego Kosta, Krus Asul futbolchisi Marko Fabian, PSJ yetakchisi Zlatan Ibragimovich, Olimpiakos a'zosi Paytim Kasami, Pemont Yunayted jamoasi futbolchisi Stefani Roshe, Real futbolchisi Xames Rodriges, Vankuver a'zosi Kamilo Sanvecco, Sanfrechche Xirosima hujumchisi Xisato Sato va  Manchester Yunaytedning gollandiyalik futbolchisi Robin van Persilar kiritgan gollar yilning eng chiroyli goliga da'vogar ruyxatidan o'rin olgan.


Siz ham ushbu futbolchilarning kiritgan gollariga ovoz berishingiz mumkin.

So'rovnamadan so'ng so'nggi eng yaxshi uchta gol tanlab olinadi va g'olib nomi 2015 yilning 12 yanvar kuni e'lon qilinadi.

Manba: fifa.com