Ibragimovich bugun A Seriya klubi bilan shartnoma imzolaydi

Alisher
27 dek 2019, 16:08
Hujumchi Zlatan Ibragimovich "Milan"ga qaytmoqda.

Tomonlar bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan 2020 yilning iyuniga qadar shartnoma imzolashdi.

Shvetsiyalik joriy mavsum 3 million evro ishlab oladi va agar shartnoma muddati uzaytirilsa, futbolchi kelasi mavsum 4,5 dan 6 million (bonuslar bilan birga)gacha ishlab oladi.

38 yoshli forvard yaqin vaqtlar ichida tibbiy ko'rikdan o'tadi va "rossonerilar" bilan shartnoma imzolaydi.

Eslatib o'tamiz, Zlatan 2010-2012 yillar davomida "Milan"da o'ynagan.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira