

“Uchrashuvdan keyin Arsen Venger shogirdlariga nima degan bo'lsayam, faqat “ofsayd” degan so'zni asosiy so'z sifatida ishlatmagan, deya umid qilaman. Biz hozirdan boshlab may oyining so'nggi qadar Sane va Sterlingning gollari “ofsayd”dan kiritildi, deya bahslashishimiz mumkin. Ammo fakt faktligicha qoladi: gollar hisoblandi. Har qanday holatdayam futbolchilarda “agar gol kiritilgan vaziyatlardagi “ofsayd” qayd etilganida, biz g'alaba qozonishimiz mumkin edi” degan fikr bo'lmasligi lozim.
APLning 17-turidan keyin “Arsenal” 34 ochko jamg'arib, chempionat peshqadami “Chelsi”dan 9 ochkoga ortda qolmoqda.



