

"Avvalo, bugun biz Liga chempionida o'ynash qanchalik qiyin ekanligini ko'rdik. Eng muhimi – g'alaba, qolgan hamma narsa o'z-o'zidan keladi. Yaxshi o'ynash, uch ochko to'plash va keyingi voqealarni kuzatish kerak.
Fermin juda yaxshi, lekin Dani Olmo ham zaxiradan maydonga tushib, muhim gol urib, yaxshi o'ynadi. Levandovski 90 daqiqa o'ynadi, jang qildi, buni ko'rish yoqimli.
Pedrining ahvoli qandayligini bilmayman. Uning son orqa qismida muammo bor, ko'ramiz", – dedi "Barselona" bosh murabbiyi.



