Hakim Fuzaylov: "Imkoniyatimiz bor"

Iskandarov Abdulaziz
6 iyun 2022
Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Buxoro" - "Sho'rtan" (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Hakim Fuzaylov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Yaxshi o'ynadik. Joriy yildagi oltinchi durangni qayd etdik. Chempionat bahslari hali oldinda. Havotirli narsa ko'rmayapman. Ishlashda, tarkibni kuchaytirishda davom etamiz",- deydi Hakim Fuzaylov. 

- Ketma-ket ikkinchi o'yindirki gol urilganidan so'ng tezkor to'p o'tkazib yuborilmoqda...

- Hamma aybni darvozabonga to'nkamoqda. O'sha vaziyatda raqibga imkoniyat berib qo'ydik. Har bir chiziq ustida ishlashimiz lozim. Tarkibni kuchaytirishga ehtiyojimiz bor. Qishda tezda futbolchilarni jalb qilgan edik. Darvozabon, markazi hujum, himoyaga o'yinchi olish zarur. Ro'zimboy Ahmedov bilan birga o'ynaydigan forvard yetishmayapti. Ayrim poziciyalarni to'ldirishimiz darkor.  "Sho'rtan" ikkinchi bo'limda o'yin vaqtini cho'zishga harakat qildi. Umuman olganda omadimiz kelmayapti. Birga-bir, bo'sh darvozaga gol urolmadik. Boshqa tomonidan bunday havoda futbolchilar charchab qolishlari tabiiy. Lekin jamoa funkcional jihatdan tayyor edi. O'tgan yili ham menda shunday holat yuz bergandi. 11-turdan keyin "Neftchi" katta farq bilan oldinga o'tib ketgandi. Hozir ochkolar farqi katta emas. Imkoniyatimiz bor. 


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Championat.asia