Iturralde Taning Mbappega ishlatgan foli haqida: "U qizil kartochkadan qutulib qoldi"

Aslanov Jasurbek
8 apr 2026, 14:09
Mashhur sobiq hakam Eduardo Iturralde Gonsales YCHL 1/4 finali doirasidagi "Real" - "Bavariya" (1:2) uchrashuvida sodir bo'lgan bahsli vaziyatga munosabat bildirdi.

O'yinning 70-daqiqasida myunxenliklar himoyachisi Djonatan Ta "qaymoqranglilar" hujumchisi Kilian Mbappening oyog'ini bosib oldi. Bahs bosh hakami Maykl Oliver ushbu vaziyatda himoyachiga sariq kartochka ko'rsatish bilan cheklandi.

"Bu juda qo'pol vaziyat edi. Ta qizil kartochkadan qutulib qoldi, chunki u raqib oyog'ini shunchaki ildirib oldi, ammo butun vazni bilan bosib yubormadi", - dedi Iturralde.

Eslatib o'tamiz, ushbu uchrashuvda "Bavariya" safarda 2:1 hisobida g'alaba qozondi. Jamoalar o'rtasidagi javob bahsi 15 aprel kuni Myunxenda bo'lib o'tadi. Unda Djonatan Ta maydonga tushish imkoniyatiga ega bo'ladi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: As