

Yevropa Chempionlar ligasining 1/4 finali doirasidagi "Bavariya" - "Manchester Siti" uchrashuvidan so'ng inglizlar bosh murabbiyi Pep Gvardiola mezbonlar safida to'p tepayotgan sobiq shogirdi Leroy Saneni yupatayotgan surati internetda paydo bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, ikki uchrashuv yakuniga ko'ra, "Manchester Siti" turnirning yarim finaliga yo'l oldi. Ushbu bosqichda "shaharliklar" "Real Madrid"ga qarshi to'qnash keladi.



