“Bavariya“ futbolchisi faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Khoja
29 may 2025
Leroy Sane faoliyatini “Arsenal“da davom ettirishi mumkin.

The Times xabariga ko'ra, londonliklar “Bavariya“ bilan shartnomasi bir oydan keyin tugaydigan vingerga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Qayd etilishicha, “kanonirlar“ bosh murabbiyi Mikel Arteta hujum chizig'ini kuchaytirishga umid qilmoqda. Bu borada “Arsenal“ Sanega ko'z tikkan.

“Bavariya“ Leroy bilan shartnomasini uzaytirish borasida muzokaralarni davom ettirmoqda. Chorshanba kuni agent klub rahbariyati bilan uchrashishi kerak.

Futbolchi Bundesliganing o'tgan mavsumida 30 ta o'yinda 11 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.


KhojaMuallif
Manba: The Times