Sane "Bavariya"ni tark etishga qaror qildi. Vinger "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin

Aslanov Jasurbek
11 iyun 2025
Leroy Sane "Bavariya" bilan shartnoma uzaytirish bo'yicha kelisha olmadi, deb xabar beradi Sky Sport jurnalisti Florian Plettenberg.

Klub o'yinchiga yiliga 15 million evro miqdorida maoshi bo'lgan shartnoma taklif qilgan, bunda asosiy maosh 12-13 million evro bo'lishi kerak edi. Biroq Sane rad javobini berib, jamoani tark etish qarorini bildirdi.

29 yoshli futbolchi "Galatasaroy"ga o'tishga yaqin. Turkiya klubi unga jiddiy qiziqish bildirgan: so'nggi 2-3 hafta ichida telefon qo'ng'iroqlari, uchrashuvlar va yozma taklif bo'lgan.

O'tgan Bundesliga mavsumida Sane 30 o'yin o'tkazib, 11 gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sport