

Eslatib o'tamiz, ushbu o'yin 1:1 hisobidagi durang bilan yakun topgan.
"Natijadan mutlaqo ko'nglim to'lmadi. Chunki jamoam juda ko'p gol urishi mumkin edi. Biroq futbolchilarning o'yini qovushmadi. Hatto kecha Portugaliya ham bugun biz yaratganchalik ko'p golli vaziyat yuzaga keltirolmagandi. Bugun biz juda sekin o'ynadik. Ozarbayjon jamoasi yaxshi o'yin ko'rsatishdi".
"Guruhdagi holatga keladigan bo'lsak, Rossiya va Portugaliya jahon chempionatiga borishadi. Biz esa g'ururni saqlab qolishimiz kerak", dedi murabbiy.



