Grizmann Trezegedan o'tib ketdi. Platiniga yetib olish uchun 6 ta gol qoldi

Aziz Tukhtamuradov
1 apr 2021, 08:27
Fransiya terma jamoasi JCH-2022 saralashi doirasida safarda Bosniyani 1:0 hisobida mag'lub etdi.

O'yinda yagona golda Antuan Grizmann mualliflik qildi. 

Bu "Barselona"ning 30 yoshli futbolchisi uchun Fransiya terma jamoa safidagi 89-o'yin va 35-gol bo'ldi. 

Grizmann bu borada David Trezegeni (34 gol) ortda qoldirdi va Fransiya terma jamoasining eng yaxshi to'purarlari ro'yxatida to'rtinchi o'ringa ko'tarilib oldi. 

Ungacha ro'yxatda Platini (72 ta o'yinda 41 ta gol), Jiru (106 ta o'yinda 44 ta gol) va Anri (123 ta o'yinda 51 ta gol) kabi futbolchilar bor. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Opta