Grizmann: "Bundesligada hujumkor o'yin namoyish etishadi, o'sha yerda o'ynasam kerak"

Aslanov Jasurbek
6 noya 2018, 11:09
"Atletiko" forvardi Antuan Grizmann Bundesligani maqtadi va bir kun kelib shu chempionatda o'ynashi mumkinligi haqida aytdi.

"Kelajakda Bundesligada o'ynashim mumkin, ammo hozir "Atletiko"da meni hamma narsa qoniqtiradi. Klubga o'sishda yordam beryapman, ular esa menga. Biz birgalikda tarix yozmoqchimiz.

Bundesliga hujumkor chempionat. Dortmundning "Borussiya" klubi bunga misol. Ispaniyani birinchi o'ringa qo'ygan bo'lardim, chunki Chempionlar ligasi nimchorak va chorak finalida ispan jamoalari ko'p bo'ladi. Undan keyin APL yoki Bundesliga.

APL mashhurroq, muxlislar borasida yetakchi, Bundesliga esa soyada. U haqida kam gapirishadi, biroq iqtidor va yaxshi jamoalar bor , farq katta emas.

Germaniya chempionatida hujumkor o'yin namoyish etishadi, ko'plab gollar urishadi" - deydi Grizmann.

Oldinroq, "Atletiko" Chempionlar ligasida "Borussiya"ga 0:4 hisobida mag'lub bo'lgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com