Gonsalo Iguainning akasi ham "Inter Mayami"ga o'tdi

Alisher
11 okt 2020, 15:38
MLS Federiko Iguainning "Di Si Yunayted"dan "Inter Mayami"ga o'tganini e'lon qildi.

Liganing yangi a'zosi 35 yoshli argentinalik futbolchini 50 ming dollar evaziga o'z safiga qo'shib oldi.

Shunday ekan Federiko Iguain o'zining ukasi bilan o'ynaydi. Gonsalo bir oy oldin "Inter Mayami"ga ko'chib o'tgandi.

So'nggi bor aka-ukalar 2004-06 yillarda "River Pleyt"da birga o'ynashgan. Katta Iguain MLS'da 217ta o'yinda maydonga tushib, 60ta gol va 68ta assist qayd etgan.


AlisherMuallif
Manba: mlssoccer.com