"Goal" nashri o'quvchilari 2022 yilning eng yaxshi futbolchilarini aniqlashdi

Mirjalol Normatov
20 dek 2022, 21:40
"Goal" nashri 2022 yilning eng yaxshi futbolchisini aniqlash uchun o'tkazilgan so'rovnoma yakunlarini ma'lum qildi.

Reytingdan 50 futbolchi o'rin oldi va sayt o'quvchilari ushbu futbolchilarga ovoz berishdi. Unga ko'ra, kuchli o'nlik shunday ko'rinish oldi:

1. Lionel Messi (PSJ, Argentina);

2. Neymar (PSJ, Braziliya);

3. Erling Xoland ("Manchester Siti", Norvegiya);

4. Karim Benzema ("Real", Fransiya);

5. Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya);

6. Kevin de Bryuyne ("Manchester Siti", Belgiya);

7. Luka Modrich ("Real", Xorvatiya);

8. Robert Levandovski ("Barselona", Polsha);

9. Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr);

10. Sado Mane ("Bavariya", Senegal).

Portugaliya termasi yetakchisi Krishtianu Ronaldu 11-o'rinda qayd etildi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal