

“Bavariya” va Germaniya terma jamoasi hujumchisi Serj Gnabri yozgi jahon chempionatini o'tkazib yuborishini tasdiqladi.
Avvalroq “Bavariya” nemis futbolchisi son yaqinlashtiruvchi mushagi yirtilgani sababli uzoq muddatga safdan chiqqanini ma'lum qilgandi. Sky Deutschland nashriga ko'ra, u uch oydan to'rt oygacha vaqtni o'tkazib yuborishi mumkin.
“Oxirgi bir necha kunni anglab yetish qiyin bo'ldi. “Bavariya” dam olish kunlari navbatdagi Bundesliga chempionligini qo'lga kiritgan bo'lsa-da, bu mavsumda hali qiladigan ishlari ko'p.
Germaniya terma jamoasi bilan jahon chempionatida qatnashish orzusiga kelsak... Afsuski, bu orzuim men uchun puchga chiqdi. Butun mamlakat kabi men ham yigitlarni uydan turib qo'llab-quvvatlayman.
Endi bor e'tiborni tiklanishga qaratib, mavsumoldi tayyorgarlikka qaytish vaqti keldi.
Barcha xabarlar uchun rahmat”, – deb yozdi Gnabri ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.



