Globe Soccer Awards. Kroos, Rodri, Bellingem yilning eng yaxshi yarim himoyachisi bo'lishga da'vogar

Narzulla Saydullayev
14 noya 2024, 16:40
Globe Soccer Awards rasmiy saytida 2024 yilning eng yaxshilarini aniqlash boshlandi.

Yilning "Eng yaxshi yarim himoyachisi" bo'lish uchun quyidagi futbolchilar da'vogarlik qilmoqda:

Nikolo Barella (Inter),
Jud Bellingem (Real),
Hoqon Chalxanoglu (Inter),
Toni Kroos (faoliyatini tugatdi),
Dani Olmo (Barselona),
Koul Palmer (Chelsi),
Rodri (Manchester Siti),
Federiko Valverde (Real),
Vitinya (PSJ),
Florian Virc (Bayer),
Granit Jaka (Bayer).

Taqdirlash marosimi 2024 yil 27 dekabr kuni Dubay shahrida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: globesoccer.com