Germaniya futboli matbuoti haqida

Germaniya futboli matbuotidagi eng oldi, mashhur va ishonarli xabarlar hamda tahliliy nashrlari bilan tanishtirib o'tamiz.

"Sport Bild"/Kristian Falk - Mazkur nashr va ushbu jurnalist Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" haqidagi xabarlarni birinchilardan bo'lib e'lon qiladi. Falkning Myunxen klubi bilan aloqasi mavjud. Shuningdek, Falk "Bavariya"da hurmatga loyiq jurnalist va klub rahbariyati bilan ham gaplashib turadi. Shu boisdan ham Falk va "Sport Bild" nashri Germaniya terma jamoasi va "Bavariya" haqidagi ma'lumotlarni berishda eng ishonarli manba hisoblanadi.


"Bild" - Futbol haqidagi xabarlarni tarqatishda ancha faol va ishonarli manba. Ushbu nashrning ma'lumotlari asosan to'g'ri chiqadi. Ko'pgina hollarda transfer yangiliklarini birinchilardan bo'lib e'lon qiladi. Oddiy misol, Tomas Tuxelni barcha "Arsenal" bilan bog'layotgan bir paytda aynan "Bild" uni PSJga o'tayotganini birinchi bo'lib yozgandi.


"Kicker" - Mazkur nashr har doim ishonchli manba bo'lgan. Ammo oxirgi yillarda ularni ko'pincha "Sport Bild" va "Bild" quvib o'tmoqda.


"Sport1" - Bu saytda asosan qiziqarli intervyular chop etiladi. Transfer xabarlari yoki "qaynoq" yangiliklari kam-kam chop etiladi. Bu saytni yangiliklar borasida ishonchli manba deb bo'lmaydi.


"Sky Deutschland" - Bu nashrdagi alohida muxbirlar kolonkasini kuzatish nisbatan qiziqarli. Masalan, Dirk Shlarmaan yoki Torben Xoffmann yetakchi jamoalarning mashg'ulotlaridan qiziqarli reportajlarni uyushtirishadi. Shuningdek, aynan quyidagi jurnalistlar jarohatlar yoki jamoaga kelib qo'shiladigan futbolchilar haqida birinchilardan bo'lib ma'lumot tarqatishadi.


"Die Welt", "Süddeutsche Zeitung", "Der Spiegel" - Bu saytlarning tahliliy materiallari, maqolalari va intervyulari ancha yaxshi. Agarda nemischani bilsangiz, ushbu saytlarni kuzatib borishingizni maslahat beramiz.


"11 Freunde" - Germaniyadagi eng ajoyib jurnallardan biri. Agarda sizda til bilan muammo bo'lmasa va nemis futboli madaniyati haqida bilishni istasangiz, unda mazkur jurnalni o'qishni tavsiya etamiz.


"DW Sports" - Ushbu nemis nashrining ingliz tilidagi akkauntini kuzatib borish qiziq. Matbuot anjumanlarini to'liq shaklda yoritish, Germaniya futbolidagi yangiliklar berishda ancha faol. Nemis futbolidagi befarq bo'lmagan va ingliz tilini biladiganlar uchun "DW Sports" - ajoyib nashr.


Manba: championat.asia