Futzal. O'zbekiston yoshlar termasi Portugaliyaga mag'lub bo'ldi

Sherzod Nurmatov
11 yanv 2024
Shuhrat Tojiboev boshchiligidagi O'zbekiston U-20 futzal terma jamoasi Portugaliya U-20 termasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik o'yinida qatnashdi.

Unda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi 2:4 hisobida mag'lub bo'ldi. Vakillarimizning gollariga Asilbek Vafoev va Amin Smiridov mualliflik qilishdi.

Portugaliya U-20 4:2 O'zbekiston U-20 

Gollar: Leonildo Injai (5), Afonso Mourinha (17), Eduardo Tchuda (16), Francisco Henriques (20) - Asilbek Vafoev (4), Amin Sviridov (19).

O'zbekiston U-20: 1.Doniyor Abduvaliev, 4. Fazliddin Botirov (s), 7.Muzaffar Abdukarimov, 8.Abror Ahmetjanov, 14.Ashirbek To'lqinov. 

Zaxira: Doniyor Umarov, Alijon Kelsinov, Mirshod Abdukarimov, Amin Sviridov, Sarvarbek Nurkulov, Timur Salimov, Tohirbek Abdukarimov, Asliddin Samiev, Asilbek Vafoev.



Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-20 termasi Santa Antonio shahrida tashkil etilgan ilk o'yinda jangovar durangga erishgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати