Futzal. Oliy liga. 4-tur qoldirilgan o'yin. "Lokomotiv" - "Metallurg" 1:5

Tolibjon Qosimov
3 mar 2017, 15:39
14-19 fevral kunlari Samarqandda futzal bo'yicha XXI milliy chempionat 4-tur bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Turning to'rtinchi kunidan o'rin olgan "Lokomotiv" - "Metallurg" uchrashuvi birinchi bo'limdan so'ng arenada elektr quvvati uzilib qolgani sababli to'xtatilgan edi. Dastlabki bo'limdan keyin bekobodliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Bugun Toshkentdagi "Yoshlik" sport majmuida ana shu uchrashuvning ikkinchi bo'limi o'tkazildi. Yakuniy hisob 5:1 - "Metallurg" foydasiga.

Oliy liga
1-bosqich, 4-tur
03.03.2017

"Lokomotiv" - "Metallurg" 1:5
Gollar:
A.Solixov 39 - G'.Mamajonov 8, S.Inomjonov 18, S.Kuralov 29, 30, I.Yusufjonov 31

"Lokomotiv" (birinchi beshlik): Aziz Xushbokov, Artem Grabovskiy, Islom Komoljonov, Doniyor Tuliboev, Abdulla Solihov.
Zaxira: Umidjon Usmonov, Farhod Mirahmedov, Javohir Hamidov, Mirzohid Xaydarxo'jaev, Miralo Mirazizov, Asomiddin Jaloliddinov, Abdujamshid Qayumov, Bobur Payzullaev, Ilhom Sharipov.

"Metallurg" (birinchi beshlik): Nikolay Kravchenko, Sunnat Kuralov, Ilhom Yusufjonov, G'ulom Mamajonov, Maqsud Fayzullaev.
Zaxira: Nodir Nishonov, Islombek Bituraev, Timur Saydullaev, Jo'ra Ergashev, Sardorbek Inomjonov, Aliakbar Bayburin.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia