Bugunga kelib, nihoyat, ushbu mavzuga nuqta qo'yiladigan ko'rinadi.
Qatarga o'z agenti Sanat Sharipov bilan yetib borgan Musaev kuni kecha Doxada tibbiy tekshiruvdan muvaffaqiyatli o'tdi va bugun 24 yoshli yarim himoyachimiz bilan Qatar Yulduzlar Ligasining yangi a'zosi – “Al-Meayzer” klubi shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Xabaringiz bor, Fozil Musaev “qaldirg'ochlar” safiga shu yil boshida kelib qo'shilgan edi. “Bunyodkor”ga kelguniga qadar esa u Muborakning “Mashal” (2009 – 2011 yilning yarmigacha) hamda Qarshining “Nasaf” (2011-2012) jamoalarida to'p surdi. “Nasaf” jamoasi tarkibida 2011 yili OFK kubogini qo'lga kiritdi. O'zbekiston milliy terma jamoasi safida shu kungacha u 13 uchrashuvda maydonga tushgan.
B.Tursunov