Flik "Barselona"da yoshlardan foydalanishni qisqartirishga qaror qildi

Iskandarov Abdulaziz
1 fev 2026, 10:07
"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik asosiy jamoa o'yinlarida zaxira jamoaning yosh futbolchilarini kamroq jalb etishga qaror qildi.

Manbaga ko'ra, nemis mutaxassisi “Barselona B” bosh murabbiyi Djuliano Bellettiga zaxira jamoa tarkibi bilan to'liqroq ishlash uchun ko'proq vaqt berishni istamoqda. Shu maqsadda Flik zaxira jamoa futbolchilarini asosiy jamoa yig'iniga kamroq chaqirishni rejalashtirgan. Bu orqali u ikkinchi jamoa natijalarini yaxshilash va uni Ispaniyaning to'rtinchi divizionidan yuqoriga olib chiqishni ko'zlamoqda.

Qayd etilishicha, Flik avval zaxira jamoa yoshlarini tez-tez asosiy tarkibning o'yin qaydnomasiga kiritgan, biroq ularga doim ham o'yin amaliyoti bermagan. Jumladan, 17 yoshli hujumchi Toni Fernandes “Barselona”ning 12 ta uchrashuvi uchun qaydnomaga kiritilgan, ammo maydonga faqat bir bor tushib, jami 45 daqiqa o'ynagan.


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: Sport.es