"Fiorentina" Jonatan Ikone bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi

Alisher
23 noya 2021, 15:18
"Fiorentina" "Lill" o'yinchisi Jonatan Ikone bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi.

Bu haqda jurnalist Janluka di Marcio xabar bermoqda.

Klub o'yinchini "Sassuolo" hujumchisi Domeniko Berardining o'rniga xarid qilmoqchi. Oldinroq, "Sassuolo" forvardini sotishni rad etgan edi.

Italiyaliklarning o'yinchi bilan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgani aytilmoqda. 23 yoshli Ikone joriy mavsum "Lill" tarkibida 19ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio