Filipp Lam nega kelajakda afsona bo'lishini bilasizmi?

Aslanov Jasurbek
3 fev 2017, 16:10
"Bavariya" sardori va himoyachisi Filipp Lam o'zining tartibli o'yini bilan bir necha yillardan beri nemis grandi asosiy tarkibidagi o'rnini hech kimga bermayapti.

Ushbu futbolchini kelajakda ko'p esga olishadi. Negaligini bilasizmi?

Filipp Lam 2014 yilning sentyabridan 2015 yilning oktyabrigacha Bundesliga doirasida o'tgan uchrashuvlarda biror marotaba qoida buzmaslikka muvaffaq bo'lgan.

Lam joriy mavsumda Bundesliganing 13 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 1 ta golli pas berishga muvaffaq bo'ldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia