Filipe Luis: "Messi "Oltin to'p"ga munosib emas degan inson futbol haqida hech narsani bilmaydi"

23 yanv 2019, 15:22
Madridning "Atletiko" himoyachisi Lionel Messi haqida iliq fikr bildirdi.

"Messi "Oltin to'p"ga munosib emas degan inson futbol haqida hech narsani bilmaydi. Men uni maqtab bir narsaga erishmayman. Leo men uchun raqib klubda va Argentina terma jamoasi safida o'ynaydi. Ham raqib sifatida, ham unga havas qiluvchi inson sifatida Messiga hurmatim cheksiz", - deya Filipe Luisning so'zlarini keltirdi Squawka nashri.


Manba: Squawka