

O'tgan yilning dekabr oyida FIFA turnir uchun rekord darajadagi 727 million dollarlik mukofot jamg'armasini e'lon qildi, unda ishtirok etuvchi 48 ta jamoaning har biri kamida 10,5 million dollar, g'olib esa 50 million dollar oladi. Yevropaning bir nechta federatsiyalari agar jamoalari yarim finalga chiqa olmasa, zarar ko'rishlarini aytishdi va Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA)dan jarayonga aralashishni so'rashdi. FIFA ularning xavotiriga e'tibor qaratdi va umumiy mukofot jamg'armasini oshirdi.
"28 aprel kuni Vankuvyerda bo'lib o'tadigan FIFA Kengashi yig'ilishidan oldin FIFA butun dunyo bo'ylab milliy assotsiatsiyalar bilan to'lovlarni ko'paytirish bo'yicha muzokaralar olib borayotganini tasdiqlaydi. Bunga Jahon chempionatiga yo'llanma olgan barcha jamoalar uchun kompensaciya miqdorini oshirish taklifi, shuningdek, barcha 211 a'zo assotsiatsiyalar uchun moliyalashtirish kiradi.
Jahon chempionati futbol hamjamiyatiga moliyaviy hissasi jihatidan yutuqli voqea bo'ladi va FIFA o'z tarixidagi eng baquvvat moliyaviy ahvolda ekanidan faxrlanadi. Ushbu muhokamalardan so'ng qo'shimcha ma'lumotlar taqdim etiladi", – dedi FIFA vakili.



