Fayzullaevning birinchi murabbiyi: "Abbosga SSKAda o'ynashni maslahat berdim"

Sherzod Nurmatov
26 sen 2023
SSKA yarim himoyachisi Abbos Fayzullaevning birinchi murabbiyi Dmitriy An 19 yoshli futbolchiga O'zbekiston chempionatini RPLga o'zgartirishni maslahat berganini aytdi.

"SSKAga o'tishdan biroz oldin Abbos bilan uchrashdik, o'sha paytda u hali yakuniy qarorga kelmagandi, lekin men unga SSKAga o'tishni maslahat berdim. U "Men Yevropaga borishni xohlayman", dedi.

Men esa unga "Abbos, senda hozirda Yevropa chempionatlaridan hech qanday taklif yo'q, SSKA ajoyib tramplin bo'ladi", dedim. 

Qolaversa, Rossiyada futbol saviyasi O'zbekistonnikidan yuqori".


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: football.kulichki.net