

- Bugungi o'yin haqida qanday fikrdasiz?
- Farg'onaning “Neftchi” jamoasi juda kuchli shuning uchun jamoadoshlarim bilan jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Ayni damda barcha jamoalar singari bizda ham yig'in o'tkazilyapti, barcha futbolchilar yuklama bilan o'yin o'tkazyapti. O'ylashimcha bugungi o'yin barcha uchun qoniqarli bo'ldi, g'alabaga erishganimiz undanda yaxshi bo'ldi. Bugungi o'yindan xulosamiz, futbolchilarning holati yaxshi. Menga ham qiyin jarohatdan so'ng endi kerakli sport formamga tushyapman. Men qo'llab – quvvatlab turishgani uchun jamoadoshlarimga rahmat aytaman.
- Tayyorgarlik jarayonida nimalarga ko'proq e'tibor qaratyapsizlar?
- Hozirgi kunda jismoniy tayyorgarlikka ko'proq e'tibor qaratyapmiz, sababi oldingi sport formamizni tiklab olish. Kuniga ikki mahal mashg'ulot o'tkazyapmiz, ertalab jismoniy mashg'ulot bo'lsa kechki payt to'plar bilan ishlayapmiz. Iloji boricha barcha narsalarga e'tibor qaratilyapti.

- Bilamizki siz Malayziya chempionatida to'p tepib qaytdingiz. O'zbek futboli bilan Malayziya futboli o'rtasida qanchalik farq bor?
- Malayziya futbolining chempionati unchalik kuchli emas, bizning futbol bilan deyarli bir xil desa ham bo'ladi. Sababi u yerda ham kuchli legionerlar to'p tepadi. Boshqa davlatlar chempionatiga borsangiz o'zingizni sinaysiz. Chunki biz chet elda legioner sifatida to'p tepib keldik. Legioner bo'lsangiz sizga nisbatan boshqacha ko'z bilan qarashadi, sababi legioner mahalliy futbolchilardan bir bosh baland bo'lishi kerak. O'zimizni ko'rsatish uchun qo'limizdan kelgancha harakat qildik. O'zbekiston chempionatidan qolishmaydi, u yerda ob – havosi juda og'ir. Hamma oson deb o'ylaydi lekin boshqa chempionatda futbol o'ynashning o'ziga yarasha qiyinchiliklari bor. Legionar bo'lganingizdan kegin mashg'ulotlarda ham qolgan futbolchilarga nisbatan ikki baravar ko'p ter to'kishingiz kerak.
- Malayziya chempionati sizni qoniqtirdimi?
- Malayziya chempionati juda ham qiziq, sababi O'zbenkiston chempionatida “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Bunyodkor” jamoalari boshqa jamoalarga qarshi o'ynaganda bu jamoalar bemalol g'alaba qozonadi. U yerda esa umuman boshqacha, so'nggi pog'onadagi jamoa, chempionatda peshqadamlik qilayotgan jamoani ham engishi mumkin. Bir so'z bilan aytganda chempionat menga yoqdi.

- Klubdanmi yoki boshqa jamoalardanmi sizga boshqa taklif bo'lmadimi?
- Takliflar bor lekin men hozirgi holatimda u yerda yana to'p tepishga tayyor emasman, chunki katta jarohat olganimdan so'ng sekin asta o'zimga kelyapman. Lekin takliflar yo'q emas.
- “Olmaliq” jamoasi bilan kelishuvga erishdingizmi?
- Klub bilan hozircha shartnoma imzolamadim, lekin rahbariyat bilan og'zaki kelishuvga erishganman.
Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi.



