Fabricio Romano: Xoylund "Manchester Yunayted" futbolchisiga aylanadi

Sherzod Nurmatov
29 iyul 2023, 23:35
"Atalanta" hujumchisi Rasmus Xoylund MYU futbolchisi bo'lmoqda.

Futbolchining transfer summasi – 70 million evro. 

Shartnoma 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan. Manbaga ko'ra, o'yinchi har yili 5 million evro ishlab topadi. 

20 yoshli forvard o'tgan mavsum 34 ta o'yinda 10 ta gol urgan va 4 ta golli pas uzatgan. Transfermarkt portali uni 45 million evroga baholagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano