Fabregas B Seriya jamoasining bosh murabbiyi etib tayinlandi

Nozimov Nig'monxo'ja
14 noya 2023, 08:16
"Arsenal" va "Barselona" sobiq futbolchisi Sesk Fabregas Italiyaning "Komo 1907" klubida bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi sifatida tayinlandi.

"Komo 1907" va Moreno Longo shartnomani o'zaro bekor qilishdi. Yangi murabbiy topish ishlari boshlangan, ungacha Sesk Fabregas bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi", - deyiladi klub xabarida.

Sesk Fabregas hozirgacha ushbu jamoaning yoshlar tarkibini boshqarayotgan edi. U yozda futbolchilik faoliyatini yakunlab, murabbiy sifatida ish boshlagandi.

"Komo" V Seriyada 12 o'yinda 21 ochko to'plab, 7-o'rinda bormoqda.


Nozimov Nig'monxo'jaMuallif
Manba: championat.com