Yevropa Ligasidagi g'alabadan keyin “Vilyarreal” a'zosi MYUni “troll” qildi

Eldor Akmurzayev
27 may 2021, 20:35
Xabaringiz bor, kecha “Vilyarreal” penaltilar seriyasida “Manchester Yunayted”ni mag'lub etib, Yevropa Ligasi bosh sovrini egasiga aylandi.

Bahsdan keyin himoyachi Alberto Moreno o'zining sobiq jamoasi “Liverpul” muxlislariga salom yo'llab, MYU ustidan kuldi.

“Liverpul” muxlislarining barchasiga salom! Hammani g'alaba bilan! “Manchester Yunayted”, yo'qol, yo'qol”, deya videomurojaat yo'llagan Moreno.

Eslatib o'tamiz, 28 yoshli futbolchi 2014-2019 yillar davomida mersisaydliklar sharafini himoya qilgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: isport.ua