Eshitdik-da! Suyunov "Paxtakor"da qoladi

Bu haqda saytimiz jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar beryapti.

"Eldorbek Suyunov uzoq muzokaralardan keyin "Paxtakor"da qoladigan bo'ldi. 31 yoshli darvozabon bugun "sherlar" bilan 2 yillik shartnomaga imzo chekkan.

Ma'lumot uchun, unga mavsum tugashi bilan "Neftchi" va "Surxon"dan katta takliflar bo'lgan edi", - deyiladi "futbol ANALIZI" kanalida.

Ma'lumot uchun, Suyunov bu yil 15ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 9 o'yinda darvozasi dahlsiz qolishini taminlagandi.  


Manba: championat.asia