Eshitdik-da! "Olimpik"ning taqdiriga oydinlik kiritildi

Tolibjon Qosimov
7 yanv 2025
Superligada "Metallurg" ishtirok etmasligi ma'lum bo'lgach, reglament bo'yicha bekobodliklarning o'rnini egallash huquqi birinchi navbatda "Olimpik"ka berilgan edi.

PFL klubga o'z taqdirini hal qilish uchun 5 yanvarga qadar vaqt ham bergan edi.

PFL "Olimpik"ka 5 yanvargacha muhlat berdi, aks holda...

"Championat.asia" olgan ma'lumotga ko'ra, "Olimpik" jamoasi taqdiriga oydinlik kiritilgan. 2025 yilgi mavsumda "Olimpik" Superligada emas, Proligada ishtirok etadi. Jamoa tarkibi yosh futbolchilar bilan to'ldiriladi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: Championat.asia