Proliga. "Metallurg" Bekobodda "TerDU" ustidan ishonchli g'alabaga erishdi

Sherzod Nurmatov
15 apr 2026
Proliga 3-turidan o'rin olgan bahs yakuniga etdi.

Proliga

3-tur

“Metallurg” – “TerDU” 3:1 

Bekobod. “Metallurg” stadioni. 18:00

Gol: Navro'zbek Iminjonov 13’, Saidumarxon Saidnurullaev 26’, Navro'zbek Iminjonov 67’ – Shahzod Bozorov 53’ 

Bosh hakam: Akmal Rahimov

Yordamchi hakamlar: Jamshid Bakirov, Abdulhamid Abduraimov

Nazoratchi: Sultonbek Zaylabidinov

Komissar: Feruz G'aniev

“Metallurg”: 32.Suhrobjon Sultonov, 4.Branimir Yochich (91.Asiljon Begimqulov, 77), 7.Azimjon Ahmedov, 8.Saidumarxon Saidnurullaev, 15.Vladimir Bubanya, 17.Navro'zbek Iminjonov (10.Doniyorjon Narzullaev, 77), 19.Mirzohid G'ofurov (30.Komiljon Tojiddinov, 64), 20.Dostonbek Abdulhaev, 22.Sanjar Shoahmedov (3.Mirziyod Mirodilov, 90), 70.Muhammadbobur Mo'ydinov, 94.Armin Boshnyak (90.Maksvel, 64).

Zaxira: 21.Mohirbek Komilov, 6.Sherzodjon Komilov, 9.Jasurbek Hakimov, 23.Sardor Sadullaev.

“TerDU”: 31.Islom Mo'minov, 7.Sharafiddin Shobirov (23.Sardor Qo'zimurodov, 46), 8.Nurmuhammad Nomozov, 9.Diyorbek Rashidov, 16.Rustam Normurotov (19.Nuriddin Hasanov, 27), 17.Oybek Shomurodov, 20.Abduraim Abdurashidov (18.Sanjarbek Abduhalilov, 71), 44.Abdumalik Norqobilov, 60.O'ral Choriev, 70.Shahzod Bozorov (11.Saidmurod Karimov, 71), 77.Abduqodir Amirqulov.

Zaxira: 35.Abdimo'min Pardaev, 6.Jahongir Ahmadov, 25.Diyorbek Haliev, 30.Lutfulla G'aniev, 66.Shohjahon Zaripov.

Ogohlantirishlar: Navro'zbek Iminjonov (65), Nurmuhammad Nomozov (66), Branimir Yochich (74).

MATNLI TRANSLYATSIYA

O'YIN YAKUNLANDI! 

90. Ikkinchi taymga 4 daqiqa qo'shib berildi. 

90. “Metallurg”da o'zgarish: Shoahmedov o'rniga Mirodilov uchrashuvni tugatib qo'yadi. 

86. Bugungi bellashuvni 4431 nafar tomoshabin stadiondan kuzatayotgani e'lon qilindi. 

85. Zarbaa! Ahmedovning olis masofadan bergan zarbasi xavfli chiqdi, biroq darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi. 

81. Uuux! Maksvelning aylanma zarbasidan keyin to'p darvoza ustuniga tegib qaytdi. 💥

79. Zarbaaa! Ahmedovning jarima zarbasidan yo'llagan zarbasini Mo'minov bartaraf etdi. Ajoyib seyv! 💥 

77. “Metallurg”da 2 ta o'zgarish: Yochich o'rniga Begimqulov, Iminjonov o'rniga Narzullaev bahsni davom ettiradi. 

74. Yochich qoidani buzgani uchun ogohlantirildi. 🟨

71. “TerDU”da 2 ta almashtirish: Abdurashidov o'rniga Abduhalilov, Bozorov o'rniga Karimov maydonga tushdi. 

67. GOL! Ahmedovning uzatmasidan so'ng Iminjonov yaqin masofadan to'p kiritib, dublni rasmiylashtirdi! ⚽️

66. Nurmuhammad Nomozov qo'pollik ishlatgani uchun sariq kartochka oldi. 🟨

65. Iminjonov qarshi hujumga qochib ketayotgan futbolchini to'xtatib qolgani uchun ogohlantirildi. 🟨

64. “Metallurg”da 2 ta o'zgarish: G'ofurov o'rniga Tojiddinov, Boshnyak o'rniga Maksvel tushirildi.

60. Zarba! Shahzod Bozorovning yaqin masofadan yo'llagan zarbasidan so'ng Sultonov to'pni ilib oldi. 

58. Zarba! Boshnyak - Iminjonov kombinaciyasidan keyin legioner futbolchi zarba yo'lladi, biroq uning yo'liga himoyachi to'g'anoq bo'ldi. 

53. GOL! Azim Ahmedovning qo'pol xatosidan so'ng to'pga ega chiqqan Shahzod Bozorov hisobni qisqartirdi - 2:1! ⚽️

46. Ikkinchi taym boshlandi! 

46. “TerDU”da almashtirish: Shobirov o'rniga Qo'zimurodov tushirildi. 

Birinchi bo'lim tugadi. Hozircha hisob - 2:0. Tanaffus! 

45. Birinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shildi. 

39. Uuux! Shobirov yaqin masofadan mo'ljalda adashdi, unga juda qulay pas yetib kelgandi. 

36. Azim Ahmedov havodan kelgan to'pni to'xtatmasdan darvoza tomon yo'naltirishga urindi, ancha noaniq. 

27. “TerDU”da o'zgarish: Normurotov o'rniga Hasanov tushdi.  

26. GOL! Saidumarxon Saidnurullaev bir necha raqiblarini ustamonlik bilan aldab o'tib, bahsdagi ikkinchi golni urdi - 2:0! ⚽️

24. Zarba! Shahzod Bozorov olis masofadan darvozani nishonga oldi, noaniq. 

20. Uux! Saidumarxon Saidnurullaev qulay imkoniyatni ko'kka sovurdi. U darvoza oldida o'ta noaniq zarba muallifiga aylandi. 💥

13. GOL! “Metallurg” uchrashuvda hisobni ochdi. Navro'zbek Iminjonov yaqin masofadan darvozani ishg'ol etdi - 1:0! ⚽️

1. Bahs boshlandi! 

  • Uchrashuv 18:00 da boshlanadi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia