

Championat.asia ma'lumotlariga ko'ra, Farg'onaning "Neftchi" klubining legioer hujumchisi Silvanus Nimeli faoliyatining "Qo'qon-1912" klubida davom ettiradi.
Gap shundaki, O'zbekiston Superligasi reglamentiga ko'ra, klub tarkibida faqat 6 nafar legioner bo'lishi mumkin. "Neftchi"ga Stipe Perica kelganidan keyin jamoadagi legionerlar soni 7 nafarga etgandi. Farg'ona klubi esa xorijlik futbolchilari ichidan Silvanus Nimeli bilan xayrlashishga qaror qilgan.




