Eshitdik-da! Jalilovga "Navbahor"da kim yordam berishi ma'lum

Narzulla Saydullayev
13 mar 2021
Xabaringiz bor, "Navbahor" klubiga Viktor Jalilov bosh murabbiyga aylandi.

Sobiq bosh murabbiy No'mon Hasanov bilan birga jamoa yordamchi murabbiyi Drajen Dukich ham klubni tark etdi.

Championat.asia sayti xabariga ko'ra, "Navbahor"da Jalilovga endi Grigoriy Kolosovskiy yordam beradi. 

Eslatib o'tamiz, "Navbahor" Superliganing 2-turini 14 mart kuni Toshkentda "Lokomotiv" mehmoni bo'ladi.  



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia