Eshitdik-da! Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi va "Ardus"ni ispaniyalik murabbiy boshqaradi

Tolibjon Qosimov
27 fev 2015, 18:20
2016 yilning 9-21 fevral kunlari futzal bo'yicha Osiyo chempionati o'tkaziladi.
Tasdiqlanmagan ma'lumotlarga ko'ra qita birinchiligiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasini ispaniyalik mutaxassis Xose Mariya Mendez boshqaradi. Bundan tashqari, Mendez Toshkentning "Ardus" jamoasiga ham murabbiylik qiladi.

Eslatib o'tamiz, Xose Mendez bundan avval ham O'zbekiston terma jamoasini boshqargan. Terma jamoamiz uning qo'l ostida 2012 yilgi Osiyo chempionatida chorak finalga qadar yetib borishgan.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia