Ertaga "Yuventus" va "Roma" transferlarni rasman e'lon qiladi

Mirjalol Normatov
20 iyun 2018, 20:26
Ertaga Italiyaning ikki grand jamoalari amalga oshirgan transferlarni rasman e'lon qiladi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, ertaga "Yuventus" Emre Jan, "Roma" esa Xaver Pastorening transferini ma'lum qiladi.

Emre Jan o'tgan mavsumni "Liverpul" tarkibida o'tkazdi va o'tgan oydan boshlab erkin agentga aylangandi. Pastore esa 18,5 mln evro evaziga "Roma"ga o'tadi va yiliga 4 mln evro maosh oladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato