

Bu haqda Eron OAVsi xabar bermoqda. Hujumchi tibbiy ko'rikdan yaxshi o'tsa rasman "Persepolis" futbolchisiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, "Persepolis"da O'zbekiston MTJning yana bir a'zosi Oston O'runov ham harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, Sergeev joriy mavsum "sherlar" safida 38 ta uchrashuvda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.



