Eron. 23-tur. Melziddinov "Persepolis"ga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi

Narzulla Saydullayev
12 mar 2015, 18:54
Eron Pro-ligasida 23-tur o'yinlari boshlandi.
Ruslan Melziddinov to'p tepayotgan "Naft Masjid Sulaymon" klubi o'z uyida "Persepolis" bilan o'ynadi. Bu bahs 2:2 hisobi bilan tugadi. Melziddinov uchrashuvning 58-daqiqasida qizil kartochka olib maydonni tark etdi. Klub 20 ochko bilan 14-pog'onada bormoqda. Hamyurtimiz jamoasi keyingi bahsni 12 mart kuni "Traktor Sozi"ga qarshi o'tkazadi.

"Naft Masjid Sulaymon" - "Persepolis" 2:2
Gollar:
K.Amraei 44, R.Karmollashaeb 90+4 - O.Alishah 25, A.Alipurgara 38.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia