

U qo'rqmadi va barchani xayron qoldirgan qaror qabul qildi, ammo bu o'z vaqtida, to'g'ri qabul qilingan qaror edi.
Ortda qolgan mavsum madridliklar uchun og'ir kechdi va YCHLdagi g'alaba - men uchun kutilmagan mo'jiza. "Real" chempionatni uchinchi pog'onada yakunladi, Qirol Kubogidan "Leganes"ga yutqazib, erta chiqib ketdi, Yevropa Chempionlar Ligasi chorak va yarim finallarida ham omad ular tomonda bo'lgani ko'p narsani hal qildi.
Menimcha, u bu mavsum, o'sha jamoaga endi kelganidagi tarkib bilan, deyarli o'zgarishlarsiz o'ynashiga to'g'ri keldi va yil davomida tan oldiki, buyog'iga "Qirollik klubi" oldiga qo'yiladigan talablarni bajara olmaydi. Bu juda keskin va jasorat talab qiluvchi qaror edi, ammo men uchun bu holat syurpriz bo'lmadi. Chamamda, bu fikr Zinedinning xayoliga o'tgan yozda, jamoa tarixda bo'lmagan natija - Yevropa Chempionlar Ligasida qatorasiga ikki bor zafar qucha olganda kelgan. U buyog'iga futbolchilar e'tiborini qanday saqlab qola bilish, qanday vazifa qo'yib, qaysi sovrinni aytib olg'a chorlashni, ruhlantirishni bilmas, bunga ishonolmasdi.

Siz "Real" bosh murabbiyi bo'lib faoliyat olib borarkansiz - bu katta tezlikdagi, ulkan hajmdagi va bir soniyaga ham to'xtamaydigan bosim ostida ishlash demakdir. Bu huddi kir yuvish mashinasi tizimiga o'xshab ketadi. Shu sabab Zidan charchagan. Aynan shu sabab u kyetishga qaror qildi va men uni tushunyapman.
U futbolchiligida ham shunday edi: siz uni o'ng tomonga harakatlanishini kutasiz, u esa chapga qayrilib kyetib qoladi.
Siz eng yuqori cho'qqiga chiqqaningizda ham, bundanda muhimroq narsalar bor. U "Real"ning ajoyib futbolchisi bo'lgan, o'tgan vaqt davomida jamoa uchun omadli murabbiy bo'ldi va aynan shu sabab, u "Real Madrid"ni chin yurakdan ezozlagani uchun, klub bilan salbiy notalarda xayrlashishni istamadi. U chiroyli kyetishni va "Real"ga bo'lgan muhabbati va hurmatini saqlab qolishni xohladi. Buni tushunsa bo'ladi.
Shuningdek, unga yana bir bor tan bermay iloj yo'q. U o'z qarorini e'lon qilgan vaqtga, muddatga e'tibor bering: bu Zidan Chempionlar Ligasini yutganidan besh kun o'tib va Fransiya termasi Jahon Chempionatidagi ishtirokini boshlashidan ikki hafta avval e'lon qildi. Bu "Real"ga xotirjam, shoshilmasdan yangi murabbiy topish imkonini beradi. Desham esa o'z kursisidan xavotirlanmasa ham bo'ladi - odatda Jahon Chempionatiga ikki hafta qolganda bosh murabbiy almashtirilmaydi.
Shubhasiz, buning barchasini tushunib tursa ham, Desham asabiylashgan bo'lsa ajabmas. Chunki u ham Fransiyada ZiZuni qanchalik yaxshi ko'rishlarini biladi. OAV, muxlislar, futbolchilar - barcha, xattoki mamlakat prezidenti Makron ham u haqida gapirib o'tgandi. Zinedin terma boshqaruvini o'z qo'liga olishini barcha xohlaydi, buni orzuqib kutishmoqda, lekin bu yaqin orada amalga oshmaydi. Zidan ham buni aniq-tiniq aytib o'tdi. Shuning uchun ham Zidan kyetish uchun ideal vaqt tanladi va chiroyli ketdi.
Nozima Zaripova tarjima qildi


