

4 - Birinchi bo'limda Vinisius Juniorning o'zi 4 marotaba Ter Shtegen darvozasi tomon zarba berdi. "Barselona"ning barcha futbolchilari ham shuncha zarba yo'llashdi.

15 - "Real" a'zosi Lukas Vaskes uchrashuvda hisobni ochdi. Natijada, "Qirollik klubi" mehmonda barcha musobaqalarda "Barselona"ga qarshi ketma-ket 15 o'yinda gol urishga erishdi. "El-Klassiko"da "Real" tarixidagi eng yaxshi natija.

23 - Serxio Ramos o'z ananasiga sodiq qolgan holda sariq kartochka oldi. Uning eng yaqin taqibchisi Fernando Yerro (1989-2003 yillarda "Real"da o'ynagan) hisoblanadi - 20ta sariq kartochka.




