APL. "Liverpul" - "Vulverxempton" uchrashuvidan keyingi faktlar

Mirjalol Normatov
27 dek 2025
Bugun APLning 18-turi doirasidagi "Liverpul" - "Vulverxempton" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Ushbu bahsdan keyingi bir qancha faktlar ma'lum bo'ldi:

- yozda 116 million funtga sotib olingan Florian Virtc "Liverpul"dagi ilk golini 23-o'yiniga kelganda urdi. U o'tgan bahsda ilk assistini ham amalga oshirgandi.

- Virtcning ilk goli g'alaba goli sifatida xizmat qildi.

- Ugo Ekitike so'nggi 5 o'yinida 5+1 qayd etdi.

- "Liverpul" so'nggi 7 bahsda mag'lub bo'lmadi: 5 g'alaba va 2 durang.

- "Liverpul" ushbu mavsumda Salohsiz bo'lgan 4 o'yinning 3tasida g'alaba qozonib, 1tasida durang o'ynadi.

- "Liverpul"ning so'nggi mag'lubiyati 27 noyabrda qayd etilgan: o'shanda jamoa mag'lubiyatlar seriyasiga tushib qolgan va "Manchester Siti", "Nottingem Forest" hamda PSVdan mag'lub bo'lgandi.

- Ushbu g'alabadan keyin "Liverpul" APL jadvalida 4-o'ringa ko'tarilib oldi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia