YCHLning keyingi bosqich bahslari qanday o'tadi?

Eldor Akmurzayev
19 may 2020
UEFA Chempionlar Ligasi joriy mavsumini yakunlash bo'yicha o'ylangan rejalar ma'lum bo'ldi.

As manbasiga ko'ra, UEFA ijroiya qo'mitasining 17 iyun kuniga qoldirgan yig'ilishida 1/4 finaldan boshlab to'qnashuvlarni bitta o'yin shaklida o'tkazish bo'yicha qaror qabul qilinadi. Mazkur taklif ishchi guruh tomonidan bildirilgan.

U holda, musobaqaning hal qiluvchi qismi Istanbulda to'rtlik finali shaklida o'tkaziladi. YCHL esa 8 avgust kuni tiklanish kutilmoqda.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: As