

YCHL. "Bavariya" PSJni mag'lub etib, 6 karra chempionga aylandi!
Nemis klubi turnir joriy mavsumida barcha o'yinlarni g'alaba bilan yakunladi. "Bavariya" B guruhida 18 ochko to'pladi, to'plar nisbati - 24:5.
Xans-Diter Flik jamoasi keyingi bosqichlarda "Chelsi" (3:0, 4:1), "Barselona" (8:2) va "Lion"dan (3:0) ustun kelgani holda finalga yetib kelgan edi.
Shu tariqa "Bavariya" YCHL tarixida musobaqaning barcha o'yinlarida g'alaba qozongan birinchi jamoaga aylandi.




