YCHL. "Bavariya" - turnirning barcha o'yinlarini yutgan 1-jamoa

24 avg 2020, 02:09
"Bavariya" Chempionlar Ligasi finalida PSJdan ustun keldi.

YCHL. "Bavariya" PSJni mag'lub etib, 6 karra chempionga aylandi! 

Nemis klubi turnir joriy mavsumida barcha o'yinlarni g'alaba bilan yakunladi. "Bavariya" B guruhida 18 ochko to'pladi, to'plar nisbati - 24:5.

Xans-Diter Flik jamoasi keyingi bosqichlarda "Chelsi" (3:0, 4:1), "Barselona" (8:2) va "Lion"dan (3:0) ustun kelgani holda finalga yetib kelgan edi.

Shu tariqa "Bavariya" YCHL tarixida musobaqaning barcha o'yinlarida g'alaba qozongan birinchi jamoaga aylandi.


Manba: championat.asia