YCHL. “Astana” ilk o'yinda Daniya chempionini mag'lub etdi

Aziz Tukhtamuradov
24 iyul 2018, 23:07
Qozog'istonning “Astana” klubi Yevropa Chempionlar ligasi ikkinchi saralash bosqich ilk uchrashuvida g'alabaga erishdi.

Astanaliklar Daniya chempioni “Midtyullan” jamoasidan 2:1 hisobida ustun kelishdi. “Astana-Arena”da o'tgan bahsda Qozog'iston chempionlari tarkibida vengriyalik yarim himoyachi Laslo Klyaynxaysler dublga erishdi. 

Yagona javob to'pini Gustav Vikxeym kiritdi. O'yinning asosiy vaqtiga qo'shib berilgan 4-daqiqada Laslo “Astana”ga javob uchrashuvi oldidan kichik ustunlik taqdim etuvchi gol muallifiga aylandi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: