YCHL. 5-tur. SSKA - "Bavariya" 1:3

Narzulla Saydullayev
28 noya 2013
YCHL 5-turidan o'rin olgan SSKA - "Bavariya" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvning 17-daqiqasida hisob ochildi. Mehmonlar chap qanotdan hujum tashkil etishdi, Tomas Myullerning jarima maydoni markaziga uztgan to'pini Aren Robben kuchli tarzda Akinfeev qo'riqlayotgan darvozaning yaqin burchagiga yo'lladi - 0:1. 


56-daqiqada Mario Getce raqib himoyachilaridan uchtasini ortda qoldirib darvozani ishg'ol qildi - 0:2. 61-daqiqada Dante o'z jarima maydoni ichida to'pni qo'li bilan o'ynadi, hakam tomonidan belgilangan 11 metrli jarima to'pini Keysuke Xonda aniq amalga oshirdi - 1:2. Oradan uch daqiqa o'tgach endi mezbonlar darvozasiga penalti belgilandi. Shennikov o'z jarima maydoni ichida Robbenni yiqitgandi. "Nuqta"dan Tomas Myuller to'pni darvozaga mixladi - 1:3. Mana shu hisob o'yin oxiriga qadar saqlanib qoldi va "Bavariya" navbatdagi g'alabasini nishonladi. 


SSKA Rossiya – Bavariya Germaniya 1:3
27 noyabr, 22.00, Arena Ximki
Gollar:
Robben, 17 - 0:1. Getce, 56 - 0:2. Xonda, 61 penalti - 1:2. Myuller, 65 penalti - 1:3.
SSKA –
Akinfeev, Nababkin, A.Berezuckiy, Ignashevich, SHHennikov, Vernblum, Milanov (Vitino, 90), Cuber (Elm, 68), Xonda, Toshich, Musa (Bazelyuk, 80).
Bavariya –
Noyer, Rafinya, Dj.Boateng, Dante, Alaba, Lam (Alkantara, 28), Xavi Martines (Kirxgoff, 79), Kroos, Myuller, Robben, Getce (Grin, 88).

Ogohlantirishlar: Xavi Martines (43), Dante (61), Alkantara (77).



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia