Diego Milito: "Yuventus", "Roma" va "Napoli" - chempionlik uchun asosiy da'vogarlar"

Narzulla Saydullayev
4 okt 2013, 18:54
"Inter" hujumchisi Diego Milito chempionlik uchun asosiy da'vogarlar kim ekani haqidagi fikrlarini bildirdi.
"Men uchta jamoani chempionlik uchun asosiy da'vogarlar deb bilaman. Ular: "Yuventus", "Roma" va "Napoli". Turinliklar amaldagi chempion va ularda kuchli jamoa bor. Benites esa "Napoli"da yaxshi natijalarga erisha oladi. U Mourinyodan keyin "Inter"da ham ko'p narsalarni o'zgartirishga harakat qilgandi. Biroq o'sha paytda jarohat olganlar juda ko'p edi", deya futbolchi so'zlaridan La Gazzetta Dello Sport iqtibos keltirmoqda.  

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport-express.ru